Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Del Pero kasalxonaga tushib qoldi

Del Pero kasalxonaga tushib qoldi

Foto: «Instagram»

Turinning «Yuventus» klubi hamda Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero Los-Anjelesdagi shifoxonaga yotqizildi. 45 yoshli sobiq futbolchi buyraklaridagi toshdan aziyat chekmoqda.

«Uch millimetrlik uvoq shuncha tashvish keltirishini hech aqlimga sig‘dira olmayapman», — deb yozdi futbolchining o‘zi «Instagram»da.

Eslatib o‘tamiz, Del Pero «oq-qoralar» libosida 19 yil davomida (1993—2012-yillar) maydonga tushgan. «Yuventus» bilan barcha turnirlarda 706 ta o‘yin o‘tkazib, 290 ta gol urgan, 81 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Italiya terma jamoasida esa 91 ta o‘yini va 27 ta goli va albatta, 2006-yilgi jahon chempionligi bilan esda qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring