Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper KXDR va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi. Unda Igor Sergeyev yo‘q

Ektor Kuper KXDR va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi. Unda Igor Sergeyev yo‘q

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 6-17-oktyabr kunlari Toshkentda navbatdagi yig‘inni o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13-oktyabr kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va 16-oktyabr kuni Qatar milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper mazkur yig‘inga quyidagi futbolchilarni chaqirgan:

Darvozabonlar
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
O‘tkir Yusupov (“Qo‘qon-1912”)

Himoyachilar:
Yegor Krimets (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod A’zamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)

Hujumchilar:
Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin G‘ofurov (“Lokomotiv”)

Mazkur yig‘inga Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ham chaqirilgandi. Ammo jarohati sababli Denisov yig‘inda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring