Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston milliy jamoasi yana bir futbolchisini yo‘qotdi

O‘zbekiston milliy jamoasi yana bir futbolchisini yo‘qotdi

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Avstraliya (1-1) bahsida hujumchimiz Igor Sergeyev jarohat olib maydonni tark etgandi.

Sergeyevning jarohati borasida O‘FA matbuot xizmati ma’lumot berdi.

«Tibbiy shtab tomonidan zarur tekshiruvlar o‘tkazildi. Afsuski, dastlabki tibbiy tekshiruvlar Igorning o‘ng tizzasidan jiddiy jarohat olganini ko‘rsatdi.

Futbolchimiz turnirdagi ishtirokini yakunladi. Yaqin vaqt ichida jarrohlik operatsiyasini o‘tkazishi kerakligi aniqlandi. O‘FA hamda futbol jamoatchiligi nomidan Igorga Osiyo kubogidagi yorqin o‘yini uchun minnatdorlik bildirib, salomatlik tilaymiz», deyiladi xabarda.

Sergeyev terma jamoamizning muhim musobaqa davomida jarohat olgan to‘rtinchi futbolchisi bo‘ldi. Bunga qadar jamoa sardori Eldor Shomurodov, himoyachilar Husniddin Aliqulov va Hojiakbar Alijonov jarohat olib, turnirni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring