Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov «Bayer»ga o‘tishi mumkin

Eldor Shomurodov «Bayer»ga o‘tishi mumkin

Foto: Associated Press

Eldor Shomurodov faoliyatini Bundesliga (Germaniya)da davom ettirishi mumkin — unga «Bayer» klubi qiziqish bildirmoqda. Xabarga ko‘ra, qishki transferda bitim amalga oshishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, «Bayer» 27 yoshli o‘zbek futbolchisi uchun 13-14 million yevro to‘lashga tayyor. Agarda «Roma» nemislarning taklifini qabul qilsa, vatandoshimiz Sardor Azmun bilan bir jamoada to‘p suradi.

Eldor, shuningdek, Italiyaning «Torino» va «Fiorentina» jamoalarining ham qiziqish doirasiga tushgan.   

Joriy mavsum Eldor Shomurodov «Roma» safida 6 o‘yinda maydonga tushib, bitta ham gol urmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring