Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elnur Abduraimov kubalik yengilmas bokschiga qarshi jang qiladi

Elnur Abduraimov kubalik yengilmas bokschiga qarshi jang qiladi

Elnur Abduraimov (8-0, 7 KO) 7 may kuni Las-Vegasda (AQSh) professional ringda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hamyurtimizning raqibi kubalik Manuel Korrea (11-0, 7 KO) bo‘ladi.

Mazkur boks kechasining asosiy jangida super o‘rta vazn toifasi mutlaq chempioni Saul Alvares (57-1-2, 39 KO) rossiyalik yengilmas charm qo‘lqop ustasi Dmitriy Bivolga (19-0, 11 KO) qarshi jang qiladi. Jang yarim og‘ir vazn toifasida o‘tkaziladi.

Boks kechasida, shuningdek, yana bir vakilimiz Shahram G‘iyosov meksikalik Kristian Gomesga qarshi jang olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring