O‘n bir yil avvalgi jangda og‘ir jarohat olgan mashhur bokschi vafot etdi
Sobiq professional bokschi Prichard Kolon 33 yoshida vafot etdi. U og‘ir jarohatdan so‘ng so‘nggi 11 yilni nogironlar aravachasida o‘tkazdi, deb xabar beradi Championship.
Prichard Kolon hayotini butunlay o‘zgartirgan jangdan deyarli 11 yil o‘tgach vafot etdi. 2015-yil 17- oktyabrdagi jangdan so‘ng sportchi nogironlar aravachasiga o‘tirib qolib, gapirish qobiliyatini yo‘qotgandi.
O‘sha paytda Kolon 23 yoshda edi. U eng istiqbolli yosh bokschilardan biri hisoblanardi. Professional bokschi bo‘lishdan oldin u Puerto-Riko chempioni bo‘ldi, Yoshlar Panamerika o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi va Olimpiadaga yo‘llanma olishga harakat qildi. Kolon professional boksda ham tezda o‘z o‘rnini topdi. U o‘z rekordini 16:0 ga yetkazdi, atigi uchta jang hakamlar qarori bilan yakunlandi.
Uning 17-raqibi amerikalik Terrell Uilyams bo‘ldi. To‘qqizinchi raundda Kolon boshining orqa qismiga qattiq zarba oldi va yiqildi. U o‘rnidan turib, jangni davom ettirdi, garchi uning ahvoli sezilarli darajada yomonlashgan bo‘lsa ham.
Jangdan keyin Kolon hushidan ketdi. Kasalxonada shifokorlar miyada katta qon ketishini aniqladilar. Unga bosh suyagi ichidagi bosimni tushirish uchun trepanatsiya qilindi va tibbiy komaga yotkizildi.
Kolon 221 kundan keyin hushiga keldi, ammo endi gapira olmadi va deyarli harakatsiz edi. Uning oilasi unga deyarli 11 yil davomida g‘amxo‘rlik qildi. Prichard Kolon 33 yoshda edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter