Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emеri: «Javob bahsida biz ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olamiz»

Emеri: «Javob bahsida biz ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olamiz»

«Aston Villa» murabbiyi Unai Emeri jurnalistlar bilan suhbatda Chempionlar Ligasining birinchi chorak final bahsida o‘z jamoasining PSJga mag‘lubiyati haqida gapirdi.

«Hammasi taxminan men kutgandek tugadi, bizda yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi, ammo ularni amalga oshirishda muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Biz kerakli natijaga erishish uchun yaxshi kayfiyatdamiz. O‘ylaymanki, o‘z maydonimizdagi javob bahsida biz ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olamiz», - deya qo‘shimcha qildi Emeri.

Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri shogirdlari birinchi uchrashuvda Parij klubiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15-aprel kuni Birmingemda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring