Yetti nafar bokschimiz finalga chiqdi
Boks bo‘yicha 2021 yilgi Osiyo chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda to‘liq tarkibda qatnashgan terma jamoamizning yetti nafar vakili g‘alaba qozonib, chempionlik uchun kurashadigan bo‘ldi.
Faqat uch nafar bokschimiz yarim finalda mag‘lub bo‘ldi va Osiyo chempionatining bronza medali bilan kifoyalandi.
Natijalar bilan tanishing:
- -49 kg: Nodirjon Mirzahmedov mo‘g‘ilistonlik Unubold Orxontangalagnoni 5:0 hisobida mag‘lub etdi;
- -52 kg: Shahobiddin Zoirov qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevni 4:1 hisobida taslim etdi;
- -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov filipinlik Junmilardo Ogayredan 5:0 hisobida ustun keldi;
- -60 kg: Abdumalik Xalakov mo‘g‘ulistonlik Senbataar Erdenebatga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi;
- -64 kg: Elnur Abduraimov Mo‘g‘uliston vakili Chinzorig Baatarsuxga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi;
- -69 kg: Bobousmon Boturov raqibi hindistonlik Vikas Krishan jangni davom ettira olmagani evaziga texnik g‘alabaga erishdi;
- -75 kg: Saidjamshid Ja’farov filipinlik Eumir Marsyalni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi;
- -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov tojikistonlik Shabbos Negmatulloyevni 5:0 hisobida yengdi;
- -91 kg: Sanjar Tursunov hindistonlik Sanjitga 0:5 hisobida yutqazib qo‘ydi;
- +91 kg: Bahodir Jalolov quvaytlik Alanzi Abdurrahmonni 2-raundda texnik nokaut evaziga taslim etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter