Yevropa ligasi 1/8 final. Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirdi

Yevropa ligasida 1/8 finalning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
«Roma» o‘z maydonida «Atletik Bilbao»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Rimliklarning g‘alaba golini zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov 90+3 daqiqada kiritdi. Sal avvalroq Shomurodovning hujumini to‘xtatgan bask futbolchisi qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Eldor jamoasi uchun juda muhim o‘yinni o‘tkazdi.
Markaziy o‘yinda «Manchester Yunayted» safarda «Real Sosiyedad» bilan durangga imzo chekdi. «Tottenhem» Niderlandiyada «AZ»ga kichik hisobda yutqazdi, «Fenerbahche» o‘z uyida «Reynjers»dan yengildi, «Lion» Ruminiyada g‘alaba nashidasini surdi.
Yevropa ligasi. 1/8 final. Dastlabki o‘yinlar
Roma – Atletik 2:1
Real Sosiyedad – MYu 1:1
AZ – Tottenhem 1:0
Fenerbahche – Reynjers 1:3
Styaua – Lion 1:3
Ayaks – Ayntraxt 1:2
Viktoriya Plzen – Latsio 1:2
Budyo-Glimt – Olimpiakos 3:0
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter