Fergyuson shifoxonadan chiqdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson shifoxonadan chiqdi va davolanishni uyda davom ettiradi. Bu haqda «The Sun» xabar qilgan.
Fergyuson 5-may kuni miyaga qon quyilishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan, oradan uch kun o‘tib, u komadan chiqqan edi.
Ser Aleks kelgusi mavsumdan boshlab «Manchester Yunayted»ning uy uchrashuvlarini tomosha qilishga qaytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter