Frenk Lempard «Sautgempton»ni boshqarishi mumkin

«Avliyolar» yaqinda iste’foga chiqarilgan Ivan Yurich o‘rniga «Koventri» jamoasini boshqarayotgan Frenk Lempardni taklif qilmoqchi.
Klubni 46 yoshli mutaxassisning ishlari qoyil qoldirmoqda. Lempard noyabr oyida xavfli zonada turgan «Koventri» murabbiyligiga kelgandi va hozir jamoasi bilan Chempionshipning pley-off hududiga chiqishga yaqin.
Ma’lumot uchun, «Sautgempton» 6-aprel kuni mavsum yakunlanmay turib, APL bilan xayrlashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter