Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol: 17 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionati endi har yili o‘tkaziladi

Futbol: 17 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionati endi har yili o‘tkaziladi

FIFA U-17 yosh toifasidagi terma jamoalar o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionatini har yili o‘tkazishga qaror qildi.

Ilgari o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinar edi.

Shuningdek, ishtirokchilar jamoalar soni ham 24 nafardan 48 nafarga oshiriladi.

Yangilik 2025-yildan boshlab kuchga kiradi va Qatar 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga ketma-ket 5 yil mezbonlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi jahon chempionati finalida Germaniya terma jamoasi Fransiyani mag‘lub etib, birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring