Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol bo‘yicha U20 Jahon chempionatiga O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qilishi mumkin

Futbol bo‘yicha U20 Jahon chempionatiga O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qilishi mumkin

FIFA 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha U20 Jahon chempionati mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi. O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bugungi kunda Ozarbayjon bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor ekanligini bildirmoqda.

«So‘nggi yillarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo‘shimcha ravishda, Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligi katta tajriba vazifasini o‘tadi. Ushbu mezbonlik FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida e’tirof etildi», – deyiladi O‘FA xabarida.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring