Habib Nurmagomedovga yil jangchisi unvoni berilmadi
«The Athletic» mualliflari yil jangchisini tanladilar (MMA). Bu haqda ommabop nashrning saytida xabar berilgan.
«The Athletic» tahririyatining fikriga ko‘ra, braziliyalik Deyveson Figeredu o‘tib borayotgan yilda o‘zini eng yorqin namoyon etgan sportchi hisoblanadi. Shu tariqa, 2020-yilning kuzida yana bir bor UFC unvonini himoya qilib, vazn toifasidan qat’i nazar, tashkilot reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan rossiyalik Habib Nurmagomedovga yil jangchisi degan unvon berilmadi.
23-dekabr kuni «The Athletic» tahririyat talqiniga ko‘ra eng yaxshi jangni taqdim etdi. Portal mualliflari xitoylik Veyli Chjan bilan Polsha vakili Yoannoy Yenjeychik o‘rtasidagi uchrashuvni maqbul ko‘rishdi.
33 yoshli Figeredu, Nurmagomedovdan farqli o‘laroq, 2020-yilda to‘rt marta oktagonga chiqdi. Iyul oyida braziliyalik eng yengil vaznda UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng u ikki marta unvonini himoya qilishga ulgurdi. Figeredu hisobida 20 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor.
VVS Nurmagomedovni 2020-yilning asosiy sport yulduzi sifatida tan oldi. Kuzda u amerikalik Jastin Getji bilan to‘qnashib, faoliyati davomidagi 29-g‘alabasini nishonladi. Shundan so‘ng sportni tark etishini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter