Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedovning 4 bora qoldirilgan jangi nihoyat tashkil qilinadigan ko‘rinadi

Habib Nurmagomedovning 4 bora qoldirilgan jangi nihoyat tashkil qilinadigan ko‘rinadi

Foto: «kp.ru»

Yurtimizda mehmon bo‘lib qaytgan UFCning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov kelasi yilning 18-aprelida navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Bu haqda Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz ma’lum qildi. U mijozi jang shartnomasiga qo‘l qo‘yganini e’lon qildi.

«Chempionimiz Toni Fergyusonga qarshi jang uchun shartnomaga imzo chekdi. Burgut 18 aprel kuni Bruklinga yana bir bor qo‘nadi. Bu muxlislar uchun», — deya shartnomadan surat qoldirgan Abdulaziz.

Ma’lumot uchun, Habib hamda Toni o‘rtasidagi jang 4 bora bekor qilingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring