Habib Nurmagomedovning Toshkentdagi matbuot anjumani bekorga qoldirilmaganga o‘xshaydi
Chunki professional boks afsonasi kichik Roy Jons ertaga tong saharda Toshkentga uchib keladi, deb xabar bermoqda «Sports.uz».
AQShlik boks yulduzi o‘zining instagram sahifasida Otabek Umarovning O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidenti bo‘lganligi bilan tabriklagandi.
U Toshkentga kelishga qaror qilgan ko‘rinadi va ushbu haftada «Humo Arena»da o‘tkaziluvchi GFC 20 turnirining faxriy mehmonlaridan biri bo‘ladi.
Biroz avvalroq, bugun o‘tkazilishi rejalashtirilgan Habib Nurmagomedovning Toshkentdagi matbuot anjumani qoldirilgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter