Hasanboy Do‘stmatov va Iqboljon Xoldorov Meksikada ringga ko‘tarildi
![Hasanboy Do‘stmatov va Iqboljon Xoldorov Meksikada ringga ko‘tarildi](http://static.xabar.uz/crop/4/2/720_460_95_4214669958.jpg)
Meksikaning Meksikali shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida hamyurtimiz Hasanboy Do‘stmatov shu vaqtga qadar mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Moyzes Gutiyeresga qarshi ringga ko‘tarildi.
Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (48,9 kg) 8 raund etib belgilangan bahs 3-raundda Xasanboy Do‘stmatovning muddatidan oldin g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bu jangdan so‘ng Do‘stmatovning janglar statistikasi 5-0 (5 nokaut) ko‘rinish olgan bo‘lsa, raqib 12 jangdan so‘ng ilk marotaba mag‘lubiyatga uchradi.
Shuningdek, yana bir bokschimiz Iqboljon Xoldorov ham o‘zining navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Xoldorov mezbon bokschi Ramos Baraxasni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.
Iqboljonning prof-boksdagi statistikasi 3:0 ga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter