Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki karra jahon chempioni koronavirusdan vafot etdi

Ikki karra jahon chempioni koronavirusdan vafot etdi

Foto: «Aprilia.com»

Shosse-aylanma motopoyga (MotoGP) bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Fausto Grezini koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Gresini Racing jamoasining Twitter-akkauntida xabar berilgan.

Grezini o‘limi 23-fevral kuni ma’lum bo‘ldi. Italiyalik sobiq poygachi ushbu kasallikka qarshi qariyb ikki oy kurashgan. U 60 yoshda olamdan o‘tdi.

Fausto Grezini 1983-yildan 1994-yilgacha poygada qatnashgan. Garelli jamoasi safida 1985 va 1987-yillarda jahon chempioniga aylangan.

1997-yilda sobiq poygachi «Gresini Racing» jamoasiga asos solgan va uni 2021-yil fevralgacha boshqardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring