Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki xil ikkita taym: YeChL ilk finalchisi ma’lum bo‘ldi

Ikki xil ikkita taym: YeChL ilk finalchisi ma’lum bo‘ldi

Yevropa chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinida «Vilyarreal» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qildi va alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Angliyada o‘tgan birinchi o‘yinda ham «sariq suvosti kemasi»ning ishi yurishmagandi. Bu gal ular birinchi taymni shiddat va vajohat bilan boshladi hamda 2:0 hisobini tiklashga erishdi.

Ammo ikkinchi taymda «Liverpul» yana o‘ziga keldi va bo‘limni yirik hisob bilan yakunladi. Natijada hisob 2:3, umumiysi esa 2:5 bo‘ldi. «Liverpul» YeChL ilk finalchisiga aylandi.

Bugun Madridda «Real» Angliyaning boshqa jamoasi «Manchester Siti»ni qabul qiladi.

YeChL, yarim final, javob o‘yini

Vilyarreal - Liverpul - 2:3
Gollar: Bulaye Dia, 3 (1:0). Fransis Koklen, 41 (2:0). Fabino, 62 (2:1). Luis Dias, 67 (2:2). Sadio Mane, 74 (2:3).
3 may. Vilyarreal. «Estadio-de-la-Seramika» stadioni. 21872 tomoshabin.
Bosh hakam: Danni Makkeli (Niderlandiya).
Birinchi o‘yin: 0:2

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring