Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya chempionati yetakchilari o‘yinga noodatiy futbolkalarda chiqishdi

Italiya chempionati yetakchilari o‘yinga noodatiy futbolkalarda chiqishdi

Foto: «Football.ua»

Italiya A seriyasi turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan «Napoli» jamoasi 7-noyabr kuni «Verona»ga qarshi o‘yinni noodatiy futbolkalarda o‘tkazdi.

Foto: instagram/officialsscnapoli

Neapolliklar futbolkalariga jamoaning afsonaviy forvardi Diyego Maradonaning tasviri tushirilgandi. Jamoa 2020-yilning 25-noyabrida olamdan o‘tgan buyuk futbolchining xotirasiga shu tarzda ehtiromini izhor etdi.

Foto: instagram/officialsscnapoli

«Napoli» maxsus futbolkalar (Maradona Game)da Italiya chempionatidagi yana ikki o‘yinni o‘tkazishi haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi. «Napoli»ning «Verona»ga qarshi birinchi o‘yini durang bilan tugadi — 1:1.

Ma’lumot uchun: Diyego Maradona «Napoli» bilan birgalikda ikki marotaba A seriya chempioni bo‘lib, mamlakat kubogi va superkubogini hamda UYeFA kubogini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring