Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov vaziyatni biroz yaxshiladi

Nodirbek Abdusattorov vaziyatni biroz yaxshiladi

Foto: ©Husniddin Ato/PressPhoto.Uz

Samarqand shahridagi JChda rapid yo‘nalishining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida 9-tur yakuniga yetdi.

Musobaqada amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen 7 ochko bilan hamon peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, Vladimir Fedoseyev (Serbiya), Yangyi Yu (Xitoy) da ham 7 ochkodan mavjud. 

Nodirbek Abdusattorov birinchi kun bahslaridagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin vaziyatni biroz o‘ngladi va 6 ochko bilan 28-o‘ringa ko‘tarildi. Yana bir hamyurtimiz Jahongir Vohidovda ham 6 ochko bor.

Bugun, 28 dekabr kuni 10-13-tur uchrashuvlari bilan rapid bahslari yakunlanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring