Jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan MYu hujumchisi garov evaziga ozodlikka chiqdi

Jinsiy zo‘ravonlik va o‘lim bilan tahdid qilishda gumon qilinib, hibsga olingan «Manchester Yunayted» hujumchisi Meyson Grinvud keyingi tergovga qadar garov evaziga qo‘yib yuborildi.
Bir necha kun avval 20 yoshli futbolchining sobiq sevgilisi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan Grinvudning zo‘ravonliklari va tahdidlari aks etgan bir qator suratlar hamda audio yozuvlar joylanganidan so‘ng, futbolchi Cheshir shahridagi uyida hibsga olingan edi. Dastlab, Grinvud zo‘rlash va o‘lim bilan tahdid qilishda gumon qilinib, so‘roq qilingandi.
Tergov jarayonlarining navbatdagi qismi bir necha kundan keyin o‘tkazilishi sababli futbolchi garov evaziga vaqtinchalik ozodlikka chiqarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter