Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tegishli tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyevning tegishli buyrug‘i bilan shu kungacha Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Rahmatxo‘jayev Muzaffarxo‘ja Yunusxonovich 2020 yil 14 apreldan vazirlikning Oliy sport yutuqlari, milliy terma jamoalarini shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Xasanov Jamshidbek Xalimovich hududlarni sportga ixtisoslashtirish va o‘yin sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mamatnazarov Bahodir Ismoilovich esa endilikda Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida faoliyat olib boradi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter