Karim Benzema — fransuz futboli rekordchisi!
Fransiya terma jamoasi va «Real Madrid» hujumchisi Karim Benzema fransuz futboli tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
34 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida «Malyorka» darvozasiga ikkita gol kiritdi, yakunda «Real» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu ikki gol «Real» forvardining faoliyati davomida urgan gollari sonini 413 taga yetkazdi. Endi Benzema — eng ko‘p gol urgan fransiyalik. Terri Anri ikkinchi o‘ringa tushdi — 411 ta gol.
Karim Benzema faoliyatini Lionda boshlab, 2009-yilda Madridga o‘tgan. «Real» bilan birga Ispaniyaning uch karra chempioni, ikki karra kubok sohibi, to‘rt marotaba YChL chempioni bo‘lgan.
Benzema — ketma-ket 18 yildan beri Yevropa chempionlar ligasida gol urgan yagona futbolchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter