Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kataloniya yulduzi faoliyatini yakunlashga qaror qildi

Kataloniya yulduzi faoliyatini yakunlashga qaror qildi

«Barselona» sobiq yarimhimoyachisi, hozirda «Inter Mayami»da to‘p surayotgan 37 yoshli Serxio Buskets futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

MLS joriy mavsumi katalon yulduzi uchun so‘nggisi bo‘ladi.

Serxio Buskets — «Barselona» safida jami 32 ta sovrin sohibi bo‘lgan: 3 karra YChL g‘olibi, 9 marta Ispaniya chempioni, Ispaniya kubogi va Superkubogini 7 martadan qo‘lga kiritgan, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va UEFA superkubogida 3 marta zafar quchgan.

Ispaniya terma jamoasi bilan jahon (2010) va Yevropa (2012) chempioni bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring