Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klublar o‘rtasidagi JCh finalida kimlar to‘qnashishi ma’lum bo‘ldi

Klublar o‘rtasidagi JCh finalida kimlar to‘qnashishi ma’lum bo‘ldi

Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

Yevropa qit’asi nomidan qatnashayotgan «Manchester Siti» yarim finalda Yaponiya klubini qiyinchiliksiz taslim etdi.

«Urava Reds» - «Manchester Siti» 0:3

Gollar: 45+1’ Marius Xoybrayten (avtogol), 52’ Mateo Kovachich, 59’  Bernardu Silva

Bir kun avval Braziliyaning «Fluminense» klubi kuni Misrning «Al Ahli» jamoasini 2-0 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqqandi.

Endi Gvardiola jamoasi 22 dekabr kungi finalda «Fluminense» bilan to‘qnash keladi.

«Urava» esa o‘sha kuni «Al Ahli» bilan 3-o‘rin masalasini hal qiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring