Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus va UEFA «Tottenhem»ni Konferensiyalar ligasidan chiqarib yubordi

Koronavirus va UEFA «Tottenhem»ni Konferensiyalar ligasidan chiqarib yubordi

Foto: EPA

Angliyaning «Tottenhem» klubi Konferensiyalar ligasidan chiqarib yuborildi. UEFA «Renn» (Fransiya)ga qarshi o‘yinni o‘tkazmagan londonliklarga texnik mag‘lubiyat yozdi.

«Tottenhem» o‘z tarkibida koronavirus avj olgani bois maydonga tushmagandi. Biroq qaror UEFA ishtirokisiz, mustaqil qabul qilingan. Bu esa rennliklarning arz qilishiga sabab bo‘ldi.

Fransuz jamoasi arzini o‘rinli deb topgan UEFA londonliklarga texnik mag‘lubiyat yozdi. Natijada 14 ochko to‘plagan «Renn» G guruhi g‘olibiga aylandi. 7 ochkosi bor «Tottenhem» Niderlandiyaning «Vitess»ini oldinga o‘tkazib yuborib, turnirni tark etdi. 10 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egallagan «Vitess» Konserensiyalar ligasining navbatdagi o‘yinida «Rapid» (Avstriya)ga qarshi omadini sinab ko‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring