Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu «Bavariya»ga o‘tishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Bavariya»ga o‘tishi mumkin

Foto: «Eurosport»

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Myunxenning «Bavariya»si portugal yulduzini diqqat bilan kuzatmoqda, chunki xabarlarga qaraganda, u «Manchester Yunayted»dan ketmoqchi.

Ronalduni qo‘lga kiritish imkoniyati «PSJ»dan ko‘ra bavariyaliklarda yuqoriroq, negaki, Ronaldu Liga 1 (Fransiya chempionati)ga o‘tishni o‘z faoliyatida ortga chekinish, deb hisoblaydi.

CR7 Bundesligani tanlasa, myunxenliklar manchesterliklarga 18 mln. yevro atrofida badal to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring