Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dan ketdi

Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dan ketdi

Italiyaning «Yuventus» jamoasi superyulduzi Krishtianu Ronaldu bugun klub mashg‘ulotlariga qatnashmagan va stadiondan chiqib ketgan.

Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham Ronalduning jamoadan ketganini e’lon qilgan. «Kecha Krishtianu bilan gaplashdim, u «Yuventus»da qolmoqchi emas», degan Allegri.

Turli gap-so‘zlarga ko‘ra, Ronaldu «Manchester Siti» jamoasiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Ayrim xabarlarga ko‘ra ushbu transfer yaqin 24 soat ichida rasman e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring