Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Mahmud Murodov jarohat olgan, u oktagonga ko‘tarila olmaydi

OAV: Mahmud Murodov jarohat olgan, u oktagonga ko‘tarila olmaydi

11-mart kuni AQShning Las-Vegas shahrida navbatdagi «UFC Fight Night» musobaqasi o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqa doirasida o‘rta vaznda o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-8) asli dog‘istonlik, hozirda Germaniya nomidan jang qilayotgan Abusupyan Magomedovga qarshi oktagonga ko‘tarilishi lozim edi.

Biroq, jang bekor qilingan. Bunga sabab, Mahmud Murodov jangga oz muddat qolganida, qo‘lidan jarohat olgan va yaqin vaqt ichida operatsiyani boshidan kechiradi. Bu haqda rossiyalik MMA jurnalisti Igor Lazorin ma’lum qilgan.

Mahmud Murodovning o‘zi bunga munosabat bildirganicha yo‘q, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring