Mahmud Murodovga jiddiy raqib berildi
O‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi tafsilotlari aniq bo‘ldi.
Hamyurtimiz 4 may kuni Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o‘tkaziladigan UFC 301 turnirida oktagonga chiqadi. Murodovga o‘sha kuni mezbon jangchisi Mishel Pereyra raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Pereyra faoliyati davomida 42 ta jang o‘tkazib, 30 ta g‘alaba va 12 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini 9 mart kuni Mixal Olekseychukka qarshi o‘tkazib, muddatidan oldin zafar quchgan edi. Pereyra o‘zining so‘nggi oltita jangida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov o‘zining so‘nggi jangini rossiyalik Aliasxab Xizriyevga qarshi o‘tkazib, 11-soniyadayoq ko‘zidan jiddiy jarohat olgandi va jang o‘tkazilmagan deb topilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter