Mahmud Murodov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
![Mahmud Murodov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi](http://static.xabar.uz/crop/3/9/720_460_95_3950745704.jpg)
8-noyabr kuni UFC jangchisi Mahmud Murodov o‘zining Instagram sahifasida bo‘lajak jangi haqida ma’lum qildi.
«Mening keyingi jangim 7 dekabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadi. Biz birgalikda yana bir g‘alaba sari ketmoqdamiz. Men va jamoamni qo‘llab-quvvatlagan, muxlislik qilgan va g‘alabalarimizni so‘raganlarga katta rahmat. Men sizlarni qadrlayman va yaxshi ko‘raman» deya ta’kidlagan Muradov.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik sportchi bu safar amerikalik Trevor Smitga qarshi jangga chiqadi. 28 yoshli Smit, pofessional kar’yerasini 2009-yilda boshlagan va hozirgacha 24 jang o‘tkazib, shularning 15 g‘alabaga erishib 9 tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, Maxmud Muradov 28-sentyabr kuni UFCdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter