Mahmud Murodov Samarqandda xayriya tadbirida qatnashdi
UFC tashkiloti bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov hozirda o‘zining navbatdagi jangiga tayyorgarlikning dastlabki bosqichini olib bormoqda. Shuningdek, u boshqa hamyurtlarimiz bilan birgalikda xayrli ishlarga ham qo‘l urmoqda.
«Bugun biz vaqt topib yordamga muhtoj oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish uchun Samarqandga tashrif buyurdik va oilalarni zarur dori-darmon bilan ta’minladik. Eng muhimi, bu odamlarning ko‘zlarida quvonchni ko‘rish va men nafaqat moddiy, balki ma’naviy jihatdan ham yordam berishdan juda xursand bo‘ldim. Endi biz Samarqandga tez-tez kelib turamiz va bu bolalarni tez sog‘ayib ketishi uchun qo‘llab-quvvatlaymiz», – deb yozadi Murodov instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Murodov o‘zining navbatdagi jangini 28 avgust kuni Jerald Mershartga (32-14) qarshi o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter