Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» kelgusi mavsumda YChLda qatnashmaydi

«Manchester Yunayted» kelgusi mavsumda YChLda qatnashmaydi

Foto: «Sport-Ekspress»

Angliya chempionatining kechagi safar o‘yinida «Brayton»dan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan «Manchester Yunayted» Yevropa Chempionlar ligasining 2022/2023 mavsumida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Gollarni Moyses Kaysedo (15-daqiqa), Mark Kukurelya (49), Paskal Gross (57) va Leandro Trossard (60) kiritdi.

«Manchester Yunayted» 37 o‘yinda 58 ochko to‘plab Angliya chempionatida 6-o‘rinda bormoqda. YChL yo‘llanmasini beruvchi yuqori to‘rtlikdagi 4-jamoa — «Arsenal» hisobida 34 o‘yindan keyin 63 ochko bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring