«Manchester Yunayted» sobiq yulduzi miyasiga qon quyilib, reanimatsiyaga tushdi
«Manchester Yunayted» va Gollandiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Edvin van der Sarning Xorvatiyada ta’til paytida miyasiga qon quyildi.
Bu haqda «De Telegraaf» nashri xabar bermoqda.
Futbolchi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Uning ahvoli haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Faqat Van der Sar reanimatsiyada ekani ma’lum qilingan.
2023-yil iyun oyida Van der Sar Amsterdamning «Ayaks» bosh direktori lavozimini tark etgandi.
Van der Sar «Ayaks» bilan to‘rt karra Gollandiya chempioniga aylangandi. «Manchester Yunayted» bilan birgalikda u to‘rt marta Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqan, 2007/08 yilgi mavsumda esa darvozabon Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter