Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted»ning yosh futbolchisi saratonni yengdi

«Manchester Yunayted»ning yosh futbolchisi saratonni yengdi

Foto: manutd.com

«Manchester Yunayted»ning yoshlar jamoasi himoyachisi — 19 yoshli Maks Teylor onkologik xastalikni yenga oldi. Kimyoterapiyadan yaxshi o‘tdi, hozir tiklanish jarayonida. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

— Menga birinchi kundanoq yordam qo‘lini cho‘zgan jamoamdan minnatdorman. Kasallik bilan kurashishda oila a’zolarim bergan ko‘makni esa so‘z bilan ta’riflashga ojizman, — dedi yosh futbolchi.

Qolaversa, u oyoqqa turishida bevosita ishtirok etgan Kristi shifoxonasi hamda xayriya tashkilotiga minnatdorlik so‘zlarini yo‘llagan.

Xabar berilishicha, ilgari Dann familiyasi ostida o‘ynagan Maks Teylor oxirgi ikki mavsumda premer liganing 18 yoshgacha bo‘lganlar birinchiligida 27 marotaba maydonga tushgan. Uning nomi jamoaning UEFA Yoshlar ligasidagi qaydnomasiga ham bir necha bor kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring