Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Matich: Onana MYuning eng yomon darvozabonlaridan biri

Matich:  Onana MYuning eng yomon darvozabonlaridan biri

«Lion» himoyachisi Nemanya Matich Yevropa ligasi chorak finalidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs oldidan Andre Onanani MYu tarixidagi eng yomon darvozabonlardan biri deb atadi:

«Onana? Hozir «Manchester Yunayted» «Lion«dan kuchlimi? «Manchester Yunayted» tarixidagi eng yomon darvozabon o‘z so‘zlarida ehtiyot bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.

Agar Van der Sar, De Xea yoki Shmeyxel shunday deganda, ularga yarashgan bo‘lardi. Lekin Onana eng yomon darvozabonlardan biri. Uning gapirishga xaqqi yo‘q»,
- deydi «Lion» himoyachisi.

Andre Onana avvalroq
«Manchester Yunayted» «Lion»dan bir pog‘ona yuqorida ekanini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, «Qizil iblislar» joriy yilning 10 aprel kuni Yevropa Ligasi chorak finali doirasida «Lion»ga qarshi maydonga tushadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring