Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Tayson vs Roy Jons: jang kuni aniq

Mayk Tayson vs Roy Jons: jang kuni aniq

Foto: «Korrespondent»

Yaqin o‘tmish yulduzlari — Mayk Tayson va Roy Jons (Kichik) o‘rtasidagi ajoyib to‘qnashuvga oz muddat qoldi. «Temir Mayk»ning raqibi ham 2020-yilning 12-sentyabrida bellashuv o‘tkazilishini ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

«Tayson bilan jang o‘tkazilishidan judayam xursandman. Doim bunga tayyor bo‘lganman, bu safar ham. Barcha ishqibozlarni o‘yinni tomosha qilishga va meni qo‘llashga chaqiraman. Bu unutilmas jang bo‘ladi», — dedi Roy Jons.

Ilgari tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, sakkiz raundli jang o‘tkazilishi mumkin.

Roy Jonsning ringdagi faoliyati 1989-yildan 2018-yilgacha davom etgan. To‘rt yo‘nalish: o‘rta, ikkinchi o‘rta, yarimog‘ir va og‘ir vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Mayk Tayson esa 1985—2005-yillardagi faoliyatida faqat superog‘ir vaznda ringga ko‘tarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring