Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe Pelening portretini yarim million yevroga sotib oldi

Mbappe Pelening portretini yarim million yevroga sotib oldi

Foto: Instagram/le Parisien

Fransiyaning «PSJ» klubi futbolchilari xayriya kimoshdi savdosida qatnashishdi. Jamoa yulduzi Kilian Mbappe futbol qiroli Pelening portretini 520 ming yevroga sotib oldi.

Mbappe xarid qilgan surat badiiy asar sanaladi va «O Rey» (portugal tilidan o‘girganda — «Qirol») deb nomlangan. 2023-yilda chizilgan asarning muallifi — ko‘cha rassomi Aleksandr Xopare. Surat auksionga 5 000 yevro narxda qo‘yilgan edi.

Pelening rasmini xarid qilish uchun kurash olti kishi o‘rtasida kechdi. Finalga esa 300 ming yevrodan taklif qilgan Mbappe va Ashraf Hakimi yetib kelishdi. Yakunda 520 000 yevro to‘lashga rozilik bergan forvard himoyachini ortda qoldirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring