Meksikalik darvozabon raqib darvozasiga uzoqdan gol kiritdi (video)
Meksika chempionatining 19-turida «Gvadalaxara» va «Verakrus» to‘qnash keldi.
Hisob «Gvadalaxara»ning foydasiga 2:1 bo‘lib turgan bir paytda, o‘yinning oxirgi daqiqalarida jamoasiga yordamlashish uchun «Verakrus» darvozaboni raqib jarima maydoni tomon yuguradi. Burchak zarbasi o‘yinga kiritilganidan so‘ng to‘pni egallab olgan «Gvadalaxara» darvozaboni Xose Rodriges bemalol vaqtni cho‘zsa ham bo‘lardi. Biroq u o‘yin taqdirini birato‘la hal qilib qo‘ya qoldi: to‘pni to‘ppa-to‘g‘ri raqib darvozasi tomon tepadi, butun maydonni kesib o‘tgan to‘p darvoza to‘ridan joy oladi.
Shu tariqa uchrashuv 3:1 hisobida maydon egalarining ishonchli g‘alabasi bilan tugadi.
Gol del portero Toño Rodríguez pic.twitter.com/V3w0GsHQZk
— Enrique Garcia (@kikegarciaadn) 24 noyabrya 2019 g.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter