Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariya klubida davom ettiradi

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariya klubida davom ettiradi

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov «Surxon»dan Shveysariyaning «Lugano» klubiga o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

U O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida debyut qilib, o‘yinlari bilan muxlislar va mutaxassislar e’tiborini qozongan edi.

Behruz Karimov kecha 19 yoshga to‘ldi (2007-yil 7-avgustda tug‘ilgan). U futbolchilik faoliyatini Odil Junior akademiyasida boshlagan, keyin «Olimpik» safida o‘ynagan. 2025-yil fevral oyida «Surxon»ga qo‘shilgan edi.

«Lugano» klubiga 1908-yilda asos solingan. Jamoa Shveysariya chempionatini uch marta, mamlakat kubogini esa to‘rt marta qo‘lga kiritgan.

«Lugano» 2025/2026-yilgi mavsumda milliy chempionatni 4-o‘rinda yakunladi va yangi mavsumda UYeFA Konferensiyalar ligasida ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring