Gattuzo uchun kuzgi imtihon

Italiyaning «Milan» futbol klubi tez orada bosh murabbiy Jennaro Gattuzo bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» xabar berdi.
Nashrning yozishicha, «Milan» rahbariyatini klubning hozirgi natijalari qoniqtirmayapti. Biroq Gattuzoga bir necha haftagacha so‘nggi imkoniyat berilishi mumkin.
Gattuzo sinovdan o‘ta olmasligi ham mumkin, shuning uchun uning o‘rniga nomzod ham topib qo‘yildi. Eng asosiy da’vogar — oxirgi safar «Bolonya»ni boshqargan Roberto Donadoni.
Eslatib o‘tamiz, Gattuzo 2017-yilning noyabr oyida «Milan» Vinchenso Montellani bo‘shatganidan so‘ng bosh murabbiylikka kelgandi. U bungacha jamoaning yoshlari bilan ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter