Millionlar o‘yini: 10 dekabr — Xalqaro futbol kuni (foto)

BMT 10-dekabrni Xalqaro futbol kuni sifatida belgilab qo‘ygan. Futbol — dunyodagi eng ommaviy sport turi, 1872-yili birinchi rasmiy turnir o‘tkazilgan Angliya esa uning vatani sanaladi. Shu paytgacha 21 marta jahon chempionati o‘tkazilgan.
Miltiq o‘rniga koptok

1914-yilda futbol tarixidagi eng g‘ayrioddiy o‘yinlardan biri bo‘lib o‘tgan: Birinchi jahon urushida bir-biriga qarshi urushayotgan ingliz va nemis askarlari futbolda ham kuch sinashib ko‘rishgan.
Qutb futboli

1915-yilning 16-fevralida Antarktidada o‘tkazilgan futbol turnirida «Endyurans» va «Avrora» kemalari ekipajlari kuch sinashgan.
«Hayot matchi»

1942-yilning 6-may kuni qamaldagi Leningradda «Dinamo» va Boltiq floti o‘rtasida musobaqa o‘tkazilgan. Afsonaviy bellashuv keyinchalik «Hayot matchi» nomini oldi.
«O‘lim matchi»

1942-yilning 9-avgustida fashistlar bosib olgan Kiyevda «o‘lim matchi» bo‘lib o‘tgan: mahalliy «Start» nemislarning «Flakelf»iga qarshi. O‘yin tugaganidan keyin mezbon jamoa a’zolarining yarmi konslagerlarga jo‘natilgan, yarmi otib tashlangan.
Eng uzoq vaqt davom etgan o‘yin

2015-yili eng uzoq davom etgan futbol (102 soat)ga «Sent-Meris» (Angliya) stadioniga kelganlar guvoh bo‘lishgan.
Tog‘ futboli

2017-yilning 1-iyunida Kilimanjaro tog‘ida 30 nafar qiz eng baland tog‘ futboli o‘ynashgan. «Stadion» dengiz sathidan 5730 metr balandlikda joylashgan.
Ayiqlar orasida

2018-yilning 22-mart kuni «Svalbard» (Norvegiya) muzyorar kemasi ekipaji Grenlandiya muzliklarida futbol o‘ynashgan. O‘yinchilarni ayiqlardan qurolli soqchilar himoyalab turishgan.
Yer osti futboli

2018-yil 24-mayida Rossiyaning Nijegorod viloyatida 70 metr chuqurlikdagi konda Arzamasning «Shaxtyor» jamoasi Peshelan gips zavodi shaxtyorlariga qarshi to‘p surgan.
Fazoviy futbol

Futbolni istalgan joyda o‘ynash mumkin: XKS kosmonavtlari Anton Shkaplerov va Oleg Artemev buni isbotlab ham qo‘yishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter