«Manchester Yunayted» forvardi Markus Rashford «Barselona»ga o‘tishi mumkin

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Rashford faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda EFE xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchiga «Barselona» qiziqmoqda, futbolchining o‘zi ham taklifni ko‘rib chiqmoqchi, chunki ayni paytda «MYu»da hujumchilar ko‘payib ketgan.
Ma’lumot uchun: Markus Rashford joriy mavsumda «Manchester Yunayted» safida 9 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023-yil yozigacha tuzilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas