Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MYu»da ten Xag effekti: kimlar ketadi, kimlar keladi?

«MYu»da ten Xag effekti: kimlar ketadi, kimlar keladi?

«Manchester Yunayted» jamoasiga Erik ten Xag bosh murabbiy bo‘lib tayinlanganidan xabaringiz bor. U «MYu»dagi ishini mavsum yakuniga yetgach boshlaydi.

Jamoa rahbariyati ten Xagga yozgi transferlar uchun 180 mln. yevro ajratishga qaror qilgan. Yangi murabbiy bu pullarga yangi o‘yinchilar olib kelishni mo‘ljallagan.

Masalan, ten Xag yozda «Benfika» hujumchisi Darvin Nunes, «Ayaks» va «Vilyarreal» himoyachilari Yurriyen Timber va Pau Torres bilan shartnoma imzolashi kutilyapti.

Shu bilan birga, jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ham bor: Erik Bayi, Fil Jons, Entoni Marsyal, Aleks Telles va Aaron Van-Bissaka.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring