Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nadiya Dusanova bu safar Svetlana Radzivildan ustun keldi

Nadiya Dusanova bu safar Svetlana Radzivildan ustun keldi

Qatar poytaxtida o‘tkazilayotgan balandlikka sakrash bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Atletlarimiz navbatdagi medallarini balandlikka sakrash sektorida qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Qit’amizda tengsiz hisoblanadigan Svetlana Radzivil hamda Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi, leytenant Nadiya Dusanova Doxada ham birga shohsupaga ko‘tarilishdi. Faqat bu safar qit’a chempionatida g‘oliblik Nadiya Dusanovaga nasib etdi. Hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritishi uchun 1.90 metr balandlikdan oshib o‘tishi talab etildi.

Svetlana Radzivil bu safar bronza medali bilan cheklandi. Yurtdoshimiz qozog‘istonlik raqibasi bilan birga bir xil 1.88 metr natija qayd etgan bo‘lsa ham, urinishlar bo‘yicha qo‘shni mamlakat vakilasi ustunlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, bu ikki atletimiz Osiyo va Jahon miqyosidagi musobaqalarda chempionlik uchun doimiy ravishda o‘zaro raqobat qilib kelishadi.

Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillarining jamg‘argan medallari 3 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring