Neymar Namanganga kelmaydigan bo‘ldi
Globo xabariga ko‘ra, braziliyalik futbol yulduzi Neymar jarohati tufayli 6 oy muddatga safdan chiqdi.
JCh-2026 saralashi doirasida Braziliya — Urugvay (0:2) bahsida Neymar chap tizzasidan jiddiy jarohat oldi. U birinchi bo‘lim oxirida zahiraga olindi va maydonni zambilda yig‘lagan holatda tark etdi.
31 yoshli futbolchining xochsimon payi jarohatlangani hamda meniski yorilgani ma’lum bo‘ldi. Hujumchi operatsiya qilinadi va uzoq muddatga maydonga qaytmaydi.
Futbolchi OChL doirasida «Navbahor»ga qarshi o‘tadigan uchrashuvda «Al-Hilol»ga yordam bera olmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter