Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neymar «pand bergan» o‘yinda Mbappe «PSJ»ni qutqardi (video)

Neymar «pand bergan» o‘yinda Mbappe «PSJ»ni qutqardi (video)

Fransiya chempionatining 16-turida «PSJ» qiyin g‘alabaga erishdi.

Chempionat peshqadami — «PSJ» autsayder «Strasburg»ni juda qiyinchilik bilan mag‘lub etdi.

Dastlab Markinos hisobni ochdi, ammo ikkinchi bo‘limda o‘z darvozasiga ham gol urib qo‘ydi.

Uchrashuv durang bo‘lib turganida Neymar qo‘pollik hamda simulyasiya uchun ikki sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi va jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. 

Uchrashuvning 90+6-daqiqasida Mbappe katta sahnaga chiqdi va o‘zi ishlagan penaltini golga aylantirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Klubning yana bir yulduzi Lionel Messi JCh-2022dan keyingi ta’tilni davom ettirmoqda. Shu sabab u jamoasiga yordam bera olgani yo‘q.

PSJ — Strasburg 2:1

Gollar: Markinos (14), Mbappe (90+6, penalti) — Markinos (51, avtogol).

PSJ – Donnarumma, Mukiyele, Ramos, Markinos, Bitshiabu (Hakimi, 79), Verratti, Fabian Ruis, Vitinya (Sarabiya, 73), Neymar, Mbappe, Ekitik (Soler, 73).

Strasbur – Zels, Dukure, Jiku, Nyamsi, Perren, Bellgard, Diarra (Sissoko, 78), Prsich (Axolu, 65), Tomasson, Gameyro (Diallo, 78), Ajork.

Chetlatish: Neymar (63).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring