Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigora Abdullayeva Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Nigora Abdullayeva Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kun dasturida ishtirok etgan vakilamiz chempionlikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Qizlar o‘rtasida -49 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nigora Abdullayeva dast ko‘tarishda 75 kg, siltab ko‘tarishda 90 kg va umumiy hisobda 165 kg natija qayd etdi. Ishtirok etgan sportchilar orasida hech qaysi biri yurtdoshimizning bu natijalarini yaxshilay olmadi va Nigora musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi.

O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh

Qizlar, -49 kg

  1. Nigora Abdullayeva (O‘zbekiston) – 165 kg
  2. Valentina Kambei (Ruminiya) – 159 kg
  3. Kayya Braynt (AQSh) – 154 kg

Eslatib o‘tamiz, kecha yigitlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasidagi bahslarda Og‘abek Nafasov 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritgan edi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchimizning ushbu muvaffaqiyati bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi, sportchimiz va uning murabbiylarinini muborakbod etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring