Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda

Nodirbek Abdusattorov mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda

Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha xalqaro «Tata Steel Chess-2024» musobaqasi davom etmoqda.

Kecha musobaqaning masters guruhida to‘rtinchi partiya bellashuvlari tashkil etildi.

Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Fransiya vakili Alireza Firuzjaga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi.

Ushbu natijadan so‘ng hamyurtimizning ochkolari soni 2,5 taga yetdi. Abdusattorov ayni damda turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Bugun musobaqada dam olish kuni hisoblanadi. Ertaga beshinchi partiya bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda Nodirbek xitoylik Vey Liga qarshi dona suradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring